8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:31 / 01.06.2019 7724

Katta miqdordagi qalbaki dorilar tarqatilishining oldi olindi - Bosh prokuratura 

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati. 

Unda “Namangan-Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 mln. so‘mlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Teglar

Top