8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

15:01 / 01.06.2019 35568

Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalar joriy qilmaydi - Dmitriy Medvedev

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Astaxov

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimi joriy qilishni rejalashtirmayapti, migratsiya oqimini tartibga solish uchun boshqa turli vositalar mavjud. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma'lum qildi.

«O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, bizda doimo sheriklik aloqalari bo‘lgan. Biroq, qaysidir pallada ular rivojlanishdan to‘xtab, shu bosqichda turib qoldi. Hozir O‘zbekiston prezidenti va hukumati iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga kirishdi. Biz bundan juda xursandmiz», - dedi Medvedev O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha «Rossiya 1» telekanalining «Vesti v subbotu» dasturiga bergan intervyusida.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya vizalar joriy etadimi, degan savolga u salbiy javob berdi.

«Albatta, yo‘q. Biz hozir ham do‘stlarmiz, hamkorlarmiz. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotlarimiz strategik jihatdan bir-biriga bog‘langan va so‘nggi yillarda aloqalarga juda kuchli turtki berildi, yangi investitsiya loyihalari paydo bo‘ldi», - dedi bosh vazir. U, xususan, O‘zbekistonda AES qurilishi shunday loyihalardan birini ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, vizasiz rejimni saqlab qolgan holda, migratsiya oqimlarini tartibga soluvchi boshqa turli vositalar mavjud.

«Buning uchun turli xil vositalar mavjud, jumladan tashkiliy tanlab olish. Bunda shunday munosabatlar tartibga solinadi. Boshqalari ham bor... Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu tartibga solinadi», - dedi hukumat rahbari. 

Bundan oldin, Rossiya O‘zbekistonga o‘z milliy loyihalarini ham eksport qilmoqchi ekani xabar berilgandi.

Top