17:40 / 01.06.2019
6890

Samarqandda MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Majburiy ijro byurosining Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat inspektorlari I.Mo‘minov hamda F.Xatamov 2019 yil 23 may kuni soat taxminan 16:00larda Bulung‘ur tumani «Oqtosh» mahallasi «Sho‘rbedana» qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Xalilovning yashash xonadoniga energiya resurslari va suvdan foydalanish qonuniyligi holatini tekshirish maqsadida borishib, A.Xalilovga elektr energiyasi iste'moliga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan.

Shu payt A.Xalilovning o‘g‘li X.Xalilov mast holatda kelib qoladi va davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, haqoratlaydi.

So‘ngra, uyali telefonlarini hamda xizmat jyetonlarini tortib olib, davlat inspektori F.Xatamovga tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Xalilovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top