19:06 / 01.06.2019
10397

Tramp Zelenskiyni Vashingtonga taklif qildi

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan rasmiy tashrif bilan Vashingtonga kelish to‘g‘risida taklif oldi. Bu ma'lumotni  Ukraina prezidenti ma'muriyati tasdiqladi.

"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga rasmiy tashrif buyurish haqidagi taklifi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi", - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq "Zerkalo nedeli" nashri o‘z manbalariga tayanib Tramp va Zelenskiy uchrashuvi chog‘ida "Donbassdagi nizoni hal qilish hamda biznes loyihalar to‘g‘risida muloqot bo‘lib o‘tishi" haqida yozgandi. 

Nashrning ma'lumot berishicha, Zelenskiy Trampdan taklifnomani 31 may kuni olgan.

Mavzuga oid
Top