9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

20:28 / 01.06.2019 16277

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha kelishuv imzolash fikridan qaytdi

Foto: minsvyaz.ru

Yaponiya hukumati iyun oxirida Osakada bo‘lib o‘tadigan “yigirmatalik” sammitida Rossiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha hadli kelishuv imzolash fikridan voz kechdi. Bu haqda The Asahi Shimbun gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, bunga tomonlarning qator tarixiy holatlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kelisha olmagani sabab bo‘lgan. 

Avvalroq G20 sammitida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik shartnomasi bo‘yicha hadli kelishuv imzolashi kutilgandi.

Moskva va Tokio o‘nlab yillardan buyon Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasini ishlab chiqish maqsadida muzokaralar o‘tkazmoqda. Kelishuvga erishishga Kuril orollarining janubiy qismi kimga tegishliligi borasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda. Urush tugaganidan so‘ng butun arxipelag sobiq ittifoq tarkibiga qo‘shib olingan, Yaponiya Iturup, Kunashir, Shikotan va boshqa mayda orollarni o‘ziga tegishli ekanligini aytib kelmoqda.

Top