8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:30 / 02.06.2019 7813

O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti o‘tkazildi

1 iyun O‘zbekiston fuqarolarini keyinchalik Koreya Respublikasida ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur o‘zgarishlar uch muhim tamoyilga asoslangan:

– Korrupsiya va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik;

– Shaffoflik;

– Jamoat nazorati.

Nimalar o‘zgardi?

Birinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik sub'yektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi. Bilimni baholash markazlari ro‘yxati quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan

Ikkinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 1 iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.      

Uchinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda quyidagi manzilga joylashtirilgan.

To‘rtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uzsayti orqali ma'lumot olishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasida ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta'minlashga qaratilgan.

Top