8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:20 / 02.06.2019 23470

O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» 3—6 iyun kunlari kutiladigan ob-havo haqida ma'lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 iyunda 15–20°, 4–6 iyunda 17–22°, kunduzi 3 va 6 iyunda 30–35°, 4–5 iyunda 32–37° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 3 iyunda 25–30°, 4–5 iyunda 30–35°, 6 iyunda 32–37° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 3–5 iyunda 25–30°, 6 iyunda 28–33° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22°, kunduzi 3–5 iyunda 28–33°, 6 iyunda 30–35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3–5 iyunda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 iyunda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14°, kunduzi 15–20° bo‘ladi.

Teglar

Top