8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:50 / 02.06.2019 40307

Qon bosimini me'yorlovchi mahsulot ma'lum qilindi 

Foto: Shutterstock

Grek yong‘og‘ining muntazam iste'mol qilinishi qon bosimini me'yorlashga yordam beradi. Bunday xulosaga Pensilvaniya shtati universiteti (AQSh) olimlari kelishdi.

Bunga yong‘oqlarda katta miqdorda omega-3 yog‘ kislotasi – alfa-linolen kislotalar borligi sababdir.

Mutaxassislar semizlikdan aziyat chekuvchi 30 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 45 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Ishtirokchilarga 2 hafta davomida 12 foizi to‘yingan yog‘lardan iborat mahsulotlar iste'mol qilish taklif qilingan.

So‘ngra ishtirokchilar 3 guruhga bo‘lingan. 6 hafta davomida 1-guruh ko‘p miqdorda yong‘oq iste'mol qilinadigan ratsionga amal qilgan, ikkinchi guruh faqat alfa-linolen kislota iste'mol qilgan, 3-guruhga na yong‘oq, na kislotalar berilgan.

Natijada 1-guruhdagi ishtirokchilarda yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi kamaygani va qon bosimi me'yorlashgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, ko‘p miqdorda yong‘oq iste'mol qilgan ishtirokchilarda alfa-linolen kislota yoki olein kislota iste'mol qilganlarga nisbatan qon bosimi o‘rtacha past bo‘lgan.

Top