8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:30 / 02.06.2019 7253

Rossiyaning Dzerjinsk shahridagi trotil ishlab chiqaruvchi zavodda portlash yuz berdi

Foto: Yelena Sorokina / TASS

1 iyunda Rossiyaning Dzerjinsk shahridagi “Kristall” zavodi hududida bir nechta portlash yuz berdi. Portlashlar trotil portlovchi moddasi ishlab chiqaruvchi sexda sodir bo‘lgan. Portlashlar oqibatida 3 km radiusdagi 200 ga yaqin uyning oynalari chiqib ketgan.

Shuningdek, zavodning xodimlari va mahalliy aholi orasidan umumiy hisobda 85 kishi jabr ko‘rgan.  Guvohlarning aytishicha, portlash zarbi tufayli voqea joyidan 1 km uzoqlikdagi do‘konning devori vayron bo‘lgan. Portlashlar ovozi shahardan 20 km uzoqlikda ham eshitilgan.

Portlashlardan keyin yong‘in chiqqan. Zavodning 5 ta binosi vayron bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishda 300 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi va 50 ta maxsus texnika ishtirok etgan. 

Portlashlarga zavoddagi texnologik jarayonlarning buzilishi sabab bo‘lgan. Tergov qo‘mitasida favqulodda holat qo‘poruvchilik akti emas, balki texnogen ko‘rinishga egaligi ma'lum qilingan. 

Shaharda favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilingan, biroq yangi portlashlar xavfi yo‘qligi sababli aholi evakuatsiya qilinmagan.

Zavod 1953 yilda tashkil etilgan bo‘lib, portlovchi moddalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish bilan shug‘ullanadi. “Rostex” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi.

 

 

Top