8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:09 / 02.06.2019 16524

“Tolibon” yarashuvdan bosh tortdi

Foto: EPA

“Tolibon” harakati yetakchisi Haybatulla Oxunzoda guruhning o‘z maqsadlariga erishish uchun jangovar harakatlarni davom ettirishini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, “Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga qarshi kurashda boshqa hech qanday yarashuvlarga amal qilmaydi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi. 

Shu tariqa, Oxunzoda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining qisqa fursatlarda butun mamlakat bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishni e'lon qilish taklifini rad etgan. Shu bilan birga, “Tolibon” yetakchisi muzokaralar uchun eshiklar ochiq qoldirilishini aytgan. 

“Hech kim biz maqsadlarimizga erishishimizdan oldin bizdan muqaddas urushning qizib turgan janglarini muzdek suv bilan sovitishimizni yoki o‘tgan 40 yildagi qurbonlarimizni unutishimizni kutmasligi kerak”, deb aytgan Oxunzoda. 

Shu bilan birga toliblar Vashington bilan aloqani davom ettirmoqchi. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod iyunda Dohada muzokaralarning yangi raundini o‘tkazadi.

 

Top