23:02 / 02.06.2019
10238

Xitoyda yangi avloddagi raketa sinovdan o‘tkazildi

Foto: FreeImages

Xitoyda yangi avloddagi qit'alararo ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi. Defence Blog’ning xabar berishicha, raketa uchirilishiga quruqlikdagi odamlar va baliqchilar guvoh bo‘lgan.

Taxmin qilinishicha, suv osti kemalaridan otish uchun mo‘ljallangan JL-3 raketasi sinovdan o‘tkazilgan. U Boxay buxtasida sinalgan.

JL-3 raketasi 12 mingdan 14 ming kilometrgacha ucha oladi va 10 tagacha termoyadro kallagi tashishi mumkin.

Mavzuga oid
Top