8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:20 / 02.06.2019 40160

YPX xodimi qaysi hollarda haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli?

Foto: Fotolia

Adliya vazirligi yo‘l-patrul xizmati xodimi qaysi hollarda haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli ekanligini eslatdi.

Bildirilishicha, quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:

transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin bo‘lgan hollarda.

Top