8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

15:10 / 03.06.2019 9260

Ekspert: O‘zbekistonda ko‘payib ketgan kapalaklar qishloq xo‘jalik mahsulotlariga xavfli emas

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda ko‘payib ketgan kapalaklar qishloq xo‘jalik ekinlari va mahsulotlariga xavf tug‘dirmaydi. O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Artyom Ucharov Milliy matbuot markazida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday fikrni bildirdi. U Kun.uz muxbirining «so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida kapalaklar ko‘paygan. Ayni holat qo‘shni respublikalar, xususan Turkmanistonda ham kuzatilmoqda. Buning qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarari va ularning lichinkalari kelasi yil qishloq xo‘jaligida qanday xavf-xatar uyg‘otishi mumkin?», degan savoliga shunday javob berdi:

«Kapalaklar xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ular “tripenitsa” deb ataladi. 80 foiz holatda bu kapalaklar qishloq xo‘jaligida bo‘lmagan ekinlarga zarar yetkazadi. Bu zararkunanda kapalak faqatgina Turkmaniston, Rossiya yoki O‘zbekistonda ko‘paygani yo‘q. Uning bu tarzda keskin ko‘payishi har 20-30 yilda kuzatilib turadigan jarayon bo‘lib, namlik yuqori bo‘lgan chog‘larda qayd etiladi. Bahorda namlik o‘ta yuqori darajada bo‘lgani sababli tripenitsa ko‘payib ketdi. Kelgusi yil bu holat odatdagi holiga qaytishi kerak. Albatta bu anomal ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq», - deya ta'kidladi Artyom Ucharov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chigirtka va shunga o‘xshash boshqa zararkunanda hasharotlarning ko‘payish holatlari ham ob-havo bilan bog‘liq. 

Kun.uz muxbirining «oxirgi paytlarda chigirtkalar populyatsiyasi ham qayd etilmoqda. Bu borada qanday ishlar rejalashtirilgan va olib borilmoqda?» degan savoliga quyidagilarni bildirdi. 

«Chigirtkalar masalasida ham shu gapni aytish mumkin. Bahor mavsumida namlik yuqori bo‘lib, o‘t-o‘lanli ozuqa zaxirasi orsa, bir necha yil mobaynida uxlab yotgan chigirtkalar lichinkalari uyg‘onadi va oqibatda ularning ko‘payishi kuzatiladi. Chunki, aynan mana shu zararkunandalar haqida gap ketganda, aytish mumkinki, ular va urug‘i juda moslashuvchan bo‘ladi. Shu bois, ular qulay ob-havo sharoitini kutib, bir necha o‘n yil mobaynida uyquda bo‘la oladi. Ularni zararsizlantirish borasida «O‘zagrohimoya» AJ tomonidan profilaktik va mavsumiy ishlar olib borilyapti», - deya ma'lum qildi Artyom Ucharov.

Top