01:30 / 03.06.2019
25819

Ektor Kuper: «O‘yindan qoniqdim...»

Foto: Tribuna.uz

Turkiya – O‘zbekiston o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan Ektor Kuper jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Turkiya milliy jamoasi kuchli ekanini bilardik. Lekin biz har qanday holatda hato qilmasligimiz kerak edi. Qanot himoyachisi ikkita gol urib ketdi.

Biz yangi futbolchilarni sinayapmiz. Bugun pressingni yorib o‘tishga qiynaldik. Biz ilk marta bunday kuchli pressingga qarshi o‘ynadik. Men bugungi natija yomon bo‘lsa-da, o‘yindan qoniqdim desam bo‘ladi. Quvondiq ham yaxshi o‘ynadi, u o‘z qanotidan o‘tishlarni amalga oshirdi. Biz pressing tugashini sabr bilan kutishimiz kerak edi, lekin shoshdik»,- deb Kuperning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Top