8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:30 / 03.06.2019 3316

Jismoniy mashqlar orqali ishonch hissini rivojlantiramiz

O‘ziga ishongan odam olomon ichida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday odamlarni qanday oddiy, ammo muhim jihatlar ajratib ko‘rsatadi? Jismoniy faollik yordamida ishonch hissini rivojlantirish mumkinmi?

Foto: Unsplash

Qadni tik tutish

O‘ziga nisbatan ishonchsizlik hissi qad va turish holati orqali namoyon bo‘ladi. Qaddi bukchaygan odam xuddi sezilmas bo‘lib ko‘rinishga urinayotganga o‘xshaydi va o‘zini nomunosib shaxs deb hisoblaydi. Uning turish holati undagi berkinish hissini namoyish etayotganga o‘xshaydi.

O‘ziga bo‘lgan ishonchni his etadigan kishi esa qaddi va yelkalarini tik tutadi. U o‘zini namoyon etishdan cho‘chimaydi.

Jismoniy mashqlar orqali o‘z-o‘zingizga beradigan baho ustida ham ishlash mumkin. Buning uchun qomatning yuqori qismi uchun mashqlar bajarish foydali.

Nafas

O‘ziga nisbatan sog‘lom munosabatdagi kishi har qanday holatda ham o‘ziga ishonch va xotirjamlikni saqlay oladi. U sokin, biroq e'tiborli holatda qoladi. Bunday kishilar nafas bilan ishlashni bilishadi.

Bu kabi ko‘nikmani yoga mashqlari orqali rivojlantirish mumkin. Nafasni muvofiqlashtirish – foydali ko‘nikma. Nostandart vaziyatda nafasni bir tekis, sokin va chuqur holatda saqlash muhim.

Ovoz

Suhbatdoshingiz ovoziga e'tibor bering. O‘ziga ishongan kishilarda ovoz markazdan chiqadi. Bunday ovozda kuchni his etish mumkin. Odatda uni jarangdor deb atashadi. O‘ziga ishongan kishilar shoshmasdan, o‘ylab, tovush balandligini o‘zgartirmay gapirishadi. Ichki xotirjamlikni yoga va meditatsiya mashqlari rivojlantiradi.

Yurish

Qiziq, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik hissi yurish vaqtidagi oyoq panjasi holatida ham namoyon bo‘ladi. Bunday kishilar panjani ichkariga buradilar. Bundan tashqari, qo‘llar ko‘pincha yopiq pozada bo‘ladi. Masalan, qo‘llardan biri boshqa tirsak yoki yelka ustida bo‘ladi. Bunda qo‘l qancha yuqori va yopiq bo‘lsa, odam o‘ziga nisbatan shuncha ishonchsiz.

O‘ziga ishongan kishilar esa bir tekisda harakat qilishadi, o‘z tanalari va atrofni his etishadi, qadlarini tik tutib, oyoqlarida mahkam turishadi.

Raqs bilan shug‘ullanib, tanani yaxshiroq his etish mumkin. Bu mashg‘ulot plastikani rivojlantirish va tanani yaxshiroq boshqarishda yordam beradi. Albatta, bu ko‘nikmalar yurishingiz va ichki holatingizda darhol o‘z aksini topadi.

Har qanday jismoniy mashqlar va sport jismoniy anglash hissini rivojlantiradi. Shu tariqa, aqliy bloklar va o‘zingizni his etish ko‘nikmasi bilan ishlash mumkin.

Top