00:59 / 03.06.2019
23343

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Turkiyaga yutqazdi

Foto: Tribuna.uz

Turkiya hamda O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Turkiyaning Alaniya shahrida o‘tgan o‘yinda mezbonlar Zeki Chelikning dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinni mezbonlar katta tashabbus bilan o‘tkazishdi. Turkiya milliy jamoasiga qaytganidan keyingi 2-o‘yinini o‘tkazgan murabbiy Shenol Gunesh O‘zbekiston bilan o‘yinga aralash tarkibni tushirdi. Muxlislar Burak Yilmaz, Chengiz Under, Hoqon Cholg‘ono‘g‘lu kabi yulduzlarning o‘yinini ko‘ra olishmadi.

«Everton»dagi o‘yinlar bilan tanilgan Chenk Tosun esa jarohati bois O‘zbekistonga qarshi o‘ynamadi. Turkiya tarkibida Enes Unal, Zeki Chelik kabi Yevropada o‘ynayotgan yulduzlar maydonga tushishdi.

O‘yinda hisob 17-daqiqada ochildi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni «Lill» himoyachisi Zeki Chelik bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Turkiyaning ikkinchi golini ham aynan o‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelik urdi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni Kenen Karaman bosh bilan darvozaga yo‘lladi va Eldor Suyunov to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Chelik darvozaga joylab qo‘ydi.

Hisob 0:2 ko‘rinishiga kelgach, Kuper hujum chizig‘ida o‘zgarish qildi. Eldor Shomurodov va Quvondiq Ro‘ziyevlar o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda Doston Ibragimovlar tushishdi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
TURKIYa – O‘ZBeKISTON 2:0

Alaniya, «Oba stadium» o‘yingohi.
Gollar: Zeki Chelik (17, 57).
Amalga oshirilmagan penalti: Irfan Qahvechi (89, darvozabon).

Turkiya: Sinan Bolat, Zeki Chelik, Emre Tashdemir, Chaglar So‘yunchi, Doruxan Toko‘z (Deniz Turuch, 82), O‘g‘uzxan O‘zyakub (Ozan Tufan, 65), Enes Unal (Abdulkarim O‘mur, 65), Efejan Karacha (Umar Ali Shahiner, 46), Merih Demeral, Yunus Malli (Kenan Karaman, 46), Irfan Qahvechi (Emre Belozo‘g‘lu, 90).

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Odil Ahmedov, Fozil Musayev (Oston O‘runov, 60), Quvondiq Ro‘ziyev (Doston Ibragimov, 70), Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 70).

Top