8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

18:50 / 03.06.2019 1803

Pop tumanidagi Yangiyer mahallasida elektr energiyasi ta'minoti tubdan yaxshilanmoqda

Pop tumani Yangiyer MFY hududida aholi hamda ijtimoiy soha obektlarini uzliksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

 Joriy yilning aprel oyida hududga 100 kVa quvvatga ega transformator punkti o‘rnatilib, havo tarmog‘ini qurish uchun 66ta temir-beton tayanchlari qo‘yildi va  2,1 km. uzunlikdagi zamonaviy yopiq kabel tortildi. Chorak davomida hududda mavjud 2 ta transformator punkti va 4,9 km uzunlikdagi elektr uzatish havo tarmog‘i joriy ta'mirlangan.

“Ayni paytda Yangiyer qishlog‘i aholi vakillarining talabidan kelib chiqib,  hududdagi barcha elektr qurilmalari qayta xatlovdan o‘tkazildi. Ko‘rib turganingizdek, mavjud ikkita 205 kVa transformator joriy  ta'mirdan chiqarildi va Yangi qurilish ko‘chasidagi 30ta qo‘lbola, nostandart tayanchlarni hamda 3,0 km. yaroqsiz simlarni soz holatdagisiga almashtirish uchun 60ta temir-beton tayanchlarni o‘rnatilmoqda. 1,5 km 6 kVa quvvatdagi tarmoq, yangi transformator o‘rnatish va 2 km uzunlikda  04 kVa quvvatidagi havo tarmog‘i tortish ishlari boshlandi”, deydi Pop tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ahadjon Mirzaahmedov.

KUN.UZ saytida 24 may kuni Pop tumanining Yangiyer mahallasidagi bir qator muammoli holatlar yuzasidan tahliliy maqola berilgan edi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatning ma'lum qilishicha, Yangiyer QFYdagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat shaxsan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyevning nazoratiga olingan.

«Bog‘cha yo‘q, guzar yo‘q, suv yo‘q, ish yo‘q». Popdagi 50 yildan beri «unutilgan qishloq»qa safar

Aholi vakillari bilan suhbatlashganimizda ular elektr ta'minoti sifatini oshirish uchun olib borilayotgan ishlardan mamnun ekanligini bildirdilar.

Elmurod Ermatov, Namangan viloyati Pop tumanidan

KUN.UZ uchun tayyorladi

Top