15:40 / 03.06.2019
7631

Sayohatingizda asqotishi aniq bo‘lgan 18 buyum

Safarga jo‘nab ketish oldidan hujjatlar, hamyon va dori qutisidan boshqa yana nimalarni o‘zimiz bilan olsak maqsadga muvofiq?

1. Yo‘l uchun to‘plam
Shishiriladigan yostiq, uyqu niqobi va quloqchinlar sizga uzoq parvoz yoki noqulay avtobus sharoitida ham uxlashingizga yordam beradi. To‘plamni qo‘l yuki sifatida o‘zingiz bilan olgan ma'qul, shunda u doimo yoningizda bo‘ladi va zarurat tug‘ilganda sizni bo‘yin qiyshayishi, yorqin quyosh nuri va shovqinli bolalar yig‘isidan xalos etadi.

2. Stretch
Sayohatingizga tayyorlanish jarayonida oddiy ovqat plyonkasi olishni ham unutmang. Shu orqali aeroport yukxonasidagi ortiqcha xarjdan qutulibgina qolmay, chamadoningizni mayda tirnalish va izlardan asraysiz, buyumlaringiz yo‘qolishi xavfini kamaytirasiz.

3. Quvvatlantiruvchi qurilmalar
Power bank va zaryadlovchi qurilmangiz sizga doimo aloqada qolishga ko‘maklashadi. Shahar bo‘ylab piyoda sayr uchun 5000 mA/s kuchlanishga ega akkumulyator yetarli - u smartfonni 1-2 marta quvvatlantira oladi. Agarda sizni bir necha kunga tog‘li yo‘l kutayotgan bo‘lsa, sig‘imi 10 000 mA/s’ga teng bo‘lgan uskunani tanlang. Bir vaqtning o‘zida telefon va noutbukni zaryadlash imkoniga ega bo‘lish uchun uning bir necha portlisini (tirqish) tanlash maqsadga muvofiq.

4. Yopinchiq
Yopinchiq yoki katta hajmdagi sharf ko‘p vazifalarni bajarishi mumkin. Uni qirg‘oq yoki parkga olib ketib, issiq kunlarda quyosh kuydirishidan himoya, havo harorati pasayganda esa isinishga ko‘maklashuvchi va yomg‘irdan ivishni oldini oluvchi vosita sifatida foydalanishingiz mumkin.

5. Yomg‘irpo‘sh
Sayohatga soyabon olib borish har doim ham maqbul fikr emas: u noqulay, qolaversa shamolli yomg‘irda namdan himoya qila olmaydi. Yomg‘irpo‘sh qulayroq, shuningdek, har ehtimolga qarshi yoningizda olib yurish va kiyish oson. Bir necha marta foydalaniladigan ekologik va ko‘p vaqt davomida foydalanishga yaroqlisini tanlashga harakat qiling.

6. Suv uchun ixcham filtr
Ekstremal sayohatlarda har doim ham toza ichimlik suvi topilmasligi ehtimoli yuqori, mo‘'jazgina filtr tabiiy yo‘l bilan sizib chiqqan suvni iste'molga yaroqli holatga keltirishga yordam beradi. Sayohatingizda yolg‘iz bo‘lsangiz, kichikroq shisha idish shaklidagi filtr hattoki daryo suvidan ham toza ichimlik olishingizga yetarli. Ko‘p kishilik safarlar uchun xaltani yodga soluvchi daqiqasiga 2 litr suvni tozalab beradigan filtrlar mavjud.

7. Issiq boshmoqlar
Ular hech qachon ortiqcha yuk bo‘lmaydi, mehmonxona nomerida issiqlik tizimida uzilishlar kuzatilishi yoki tashqarida havo tez-tez  sovib ketishi mumkin.

Tog‘ sayrida esa qalinroq va termo isitish qobiliyatli paypoqlar shikastlanishdan asrab, iliqlikni ta'minlaydi.

8. Ko‘z uchun tomchi dori vositalari
Ko‘z uzoq parvozlar davomida samolyot ichki namsizlantirish tizimi ta'sirida qurishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirlarni oldini olish maqsadida o‘zingiz bilan sun'iy yoshlantiruvchi tomchi dorilarni olishni unutmang.

9. Kamar ko‘rinishidagi sumka
Kamar ko‘rinishidagi sumkalar nafaqat zamonaviy aksessuar balki sayohatlarda beqiyos buyum hamdir. U ryukzakka nisbatan ancha ixcham bo‘lishiga qaramasdan eng zarur bo‘lgan anjomlarni o‘z ichiga sig‘dira oladi: 

Smartfon, pul, xonangiz kaliti, pasport, nam salfetkalar. Sumka hattoki tog‘u-toshli yo‘llarda yurishda ham, velosiped va attraksionlarda uchishda ham noqulaylik tug‘dirmaydi.

10. Kleylangan plastirlar
Bu vosita ayniqsa piyoda yurish ishqibozlari orasida mashhur. Nazarimizda deyarli barchaga dam olishning yoqimli onlarini chippakka chiqargan shish va og‘riqli yaralar tanish. Oyog‘ingiz shilinmasligi uchun birinchi navbatda qulay va sinalgan poyabzal tanlash muhim, lekin baribir siz yoqimsiz og‘riqni boshdan kechirsangiz ushbu plastirlar sizga ko‘makchi bo‘ladi.

11. Yog‘li krem
Teringiz bilan hech qanday muammolar bo‘lmasa ham, safar oldidan yog‘li krem sotib oling.

Dag‘allashgan tana va nam yetishmasligidan aziyat chekkan teri uchun foydali bo‘lgan krem sizni yallig‘lanish va dengiz suvidan allergiya asoratlaridan ham himoya qila oladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan turi ham shu jumladan.

12. Silikon idishlar
Tajribali sarguzashsevarlar ko‘p marotaba qo‘llashga yaroqli idishlarni muhim deb hisoblashadi.

Bir martalik vositalar ham ortiqcha pul, ham do‘kondagi vaqtni oladi. Silikon idishlar yo‘lxaltangizdagi joyni ham tejashi mumkin.

13. Antibakterial gel
Yo‘lda har xil vaziyatlar bo‘ladi va qo‘l yuvishning imkoni doim ham topilmasligi mumkin. Salsalfetkalarga nisbatan uzoqroq ta'sir ko‘rsatuvchi antibakterial gel sizga gigiyenani saqlashda yordam beruvchi eng to‘g‘ri yo‘l. U orqali smartfoningiz yuzasini ham dezinfeksiya qila olasiz.

14. Cho‘ntak tarozi
Xarid ishqibozlari o‘z yuklarining hajmi oshib ketishidan xavotirda yurishdan qutulishlari uchun cho‘ntakbop elektron tarozilar chora bo‘ladi. Buning yordamida aeroportda yuklaringizni qayta joylash ham sizni tashvishga solmaydi.

15. Rozetka uchun adaptor
Dunyoda elektr rozetkalarining 15 turi mavjud. Agar siz standartlari boshqacha bo‘lgan chet davlatga uchayotgan bo‘lsangiz, bu turdagi adaptor sizga aniq asqotishini unutmang. Masalan, AQSh, Italiya va Yaponiyaning rozetkalari boshqa joylardagidan farqli. Yaxshisi, safardan oldin shu turdagi kerakli anjomlar haqida ma'lumotga ega bo‘ling.

16. Termal suv
Suvning bu turi tabiiy resurslar orqali mineral tuzlarga to‘yingan bo‘ladi. Issiq o‘lkalarda unga ehtiyojingiz ortadi, mintaqa o‘zgarishlarida tinchlantiruvchi va shikastlanishga qarshi ta'sir o‘tkazadi. 

17. Ochqich
Barcha otellarda yoki mehmon uylarida ham konserva yoki ichimliklarni ochishga mo‘ljallangan ochqichlarni topa olmasligingiz mumkin. Parvozdan oldin o‘zingiz bilan uni olganda, yaxshisi uni bagajga joylang.

18. Quyosh batareyasida ishlovchi fonar
Tabiat qo‘ynida dam olishga otlanganlar uchun bu turdagi fonarlar eng samaralidir. U ekologik standartlarga mos keladi va hech qanday elektr tarmog‘ini talab qilmaydi. Kunduz kuni uni quvvatlantirib olsangiz, kechalari palatkangizni yoritadi.

Top