8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

18:00 / 03.06.2019 6233

Velosipedda uchishning sog‘liqqa bezarar qoidalari

Xalqaro velosipedlar kuni munosabati bilan tez takrorlanadigan savollarga diqqatimizni qaratamiz.

1. Men velosipedda uchishni xohlayman. Menga maxsus kiyim- bosh kerakmi?

Velosayohat xavfsiz va qulay o‘tishi uchun kerakli anjomlarni taxt qilish lozim.

1.1. Shlem. U yiqilganingizda jarohatdan asraydi. Bunda yo‘lingiz masofasi muhim emas. Shlemni doimo kiying. O‘lchamiga ham e'tibor bering, kichigi boshingizni qisib qo‘ysa, kattasi har tomonga harakatlanib noqulaylik tug‘diradi.
1.2. Tor shim yoki legginsi. Keng etakli shimda sayr qilish xavf tug‘diradi, zanjirga ilinishi mumkin. Har ehtimolga qarshi ularni paypoq ichiga qistirish yoki maxsus ilgich yordamida ixchamlashtirish zarur.
1.3. Veloshortilar. Agar siz anchagina uzoq masofaga yurishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, veloshortilar - zarurat. Ularning ichki  yumshoq qoplamasi safarni qulay tarzda yakunlashga yordam beradi. Yonboshingizda paydo bo‘luvchi og‘riqlar xavfi birmuncha kamayadi.
1.4. Qo‘lqoplar. Tinimsiz rul boshqaruvi keltirib chiqaruvchi qavariqlardan qo‘lqopning gel qoplamali yostiqchalari asrab boradi. Issiq kunlarda barmoqsiz qo‘lqop tanlashingiz mumkin.
1.5. Ko‘zoynak. Quyosh, shamol, chang va mayda toshchalardan himoya qiladi.
1.6. Chuqur qoplamali poyabzal. Oyoqlar pedalga to‘g‘ri bosiladi va sirg‘anib ketmaydi. 
1.7. Yorqin rangli ustki kiyim. Nur qaytaruvchi tusdagisi maqsadga muvofiq.
1.8. Ryukzak. Yelkaga qulay o‘rnashadigan bo‘lishi lozim.

2. Tushunarli. Velosipedni nima qilamiz?

Egarni to‘g‘rilang. Velosipedga o‘tiring va rulni qo‘lga oling. Oyoqni to‘g‘ri qo‘yishda pastgi holatdagi pedalga oyoqning barcha ostki yuzasi bilan tayanish va tizzalar ozroq egilgan bo‘lishi kerak.

Eng yaxshi holat bu egar nishabligi nol darajada. Lekin qulaylik uchun uni ozroq  oldinga yoki orqaga egish mumkin. Muhimi harakat davomida siz undan sirpanib ketmasligingiz kerak.

Rulning optimal balandligida siz uni hech qanday mashaqqatsiz ushlaysiz. Panjalar, bilak va yelka bir chiziqda turishi lozim.

Velosipedga fara va orqa tomonda pirpiraydigan fonar o‘rnatishni yodingizdan chiqarmang. Ularni g‘ildirak ostidan otiluvchi havo va kirdan himoya qiluvchi qanot ham zarar qilmaydi.

3. Yangi boshlovchilar nimalarni bilishlari zarur?

Uzoq yo‘lga chiqayotgan bo‘lsangiz, tajribali velo-ishqibozlar sizga turistlar uchun mo‘ljallangan charm qoplamali o‘rindiq tavsiya etishlari ehtimoli yuqori. Boshida egar sizning o‘lchamlaringizga moslashib olgunga qadar sabrli va og‘riqqa chidamli bo‘ling. Oz vaqt o‘tib qulaylikka erishasiz. Gel qoplamali egar ham yumshoqlikka o‘z hissasini qo‘shadi.
Maxsus sport do‘konlarida sotiluvchi aksariyat tog‘ velosipedlarining shinalari katta va chuqur qoplamali bo‘ladi. Qoidaga muvofiq, boshlovchilar asfaltda uchishadi, qumliklarga juda kam o‘tishadi. Bu holatda ularga poluslik deb nomlanuvchi shinalar eng maqbul yechim. Shu holatda uchishga kamroq kuch sarflanadi.

Yonboshda kelib chiqadigan og‘riqlardan qo‘rquv ko‘pchilikni sevimli mashg‘ulotidan qaytaradi. Yodingizda tuting: og‘riq normal va vaqtinchalikdir. U katta bo‘lmagan 3-4 uchishdan so‘ng o‘tib ketadi. Muhimi tanaffuslar cho‘zilib ketmasin. Ko‘proq uching, tezroq moslashasiz.

4. O‘zimiz bilan nima olish kerak?

Ryukzagingizda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan zaruriyatlar: nasos, butlash moslamalari, suv idishi, yengil tamaddi.

Chanqashdan oldin oz-ozdan tez-tez suv ichish zarur, tamaddi esa ochlik hissini sezganingizda. 

5. Uzoq safarga qanday otlanish kerak? 

50 km va undan uzoqroq masofani bosib o‘tish o‘z navbatida tayyorgarlikni talab qiladi. Har kuni oz-ozdan soatlik velo mashg‘ulotlarni o‘zingizga qulay tezlikda o‘tkazing. Bosqichma - bosqich oraliq yo‘l va tezlikni oshirib boring. Masofa 30 kilometrga yetishi ko‘zlangan maqsadingiz sari safarga otlansangiz bo‘ladi.

Top