8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

11:25 / 03.06.2019 19670

YeChLning mavsumdagi eng yaxshi gollari e'lon qilindi – Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinda

Foto: Getty Images

UYeFA rasmiy saytida Chempionlar ligasining 2018/19 mavsumidagi eng chiroyli 10ta gol e'lon qilindi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning sobiq jamoasi «MYu» darvozasiga urgan goli ro‘yxatda birinchi o‘rinda qayd etilgan.

«Barselona» sardori Lionel Messining yarim finalda «Liverpul» darvozasini ishg‘ol etgani ikkinchi o‘rindan joy olgan. Yuqori uchlikni Sadio Mane nimchorak finalda «Bavariya»ga urgan goli bilan yakunlab beradi.

Ro‘yxat UYeFA texnik kuzatuvchilari xulosasi asosida tuzilgan. Gollar videosi bilan tashkilot rasmiy saytida tanishish mumkin.

Yevropa Chempionlar ligasi – 2018/19 musobaqasining eng yaxshi gollari reytingi

1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» – «Manchester Yunayted»ga urgan goli)
2. Lionel Messi («Barselona» – «Liverpul»ga)
3. Sadio Mane («Liverpul» – «Bavariya»ga)
4. Ivan Rakitich («Barselona» – «Tottenhem»ga)
5. Leroy Sane («Manchester Siti» – «Hoffenhayma»ga)
6. Kilian Mbappe («PSJ» – «Manchester Yunayted»ga)
7. Rahim Sterling («Manchester Siti» – «Shaxtyor»ga)
8. Usmon Dembele («Barselona» – «Tottenhem»ga)
9. Filippe Koutino («Barselona» – «Manchester Yunayted»ga)
10. Luis Suares («Barselona» – «Liverpul»ga)

Top