8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

16:05 / 03.06.2019 1634

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va O‘zbekiston Respublikasi IX chempionati musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va O‘zbekiston Respublikasi IX chempionati musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasi bo‘yicha:

«Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 3-qavatiga ko‘tarilish» turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-, Toshkent viloyati terma jamoasi 2- hamda Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

«Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turi bo‘yicha bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-, Andijon viloyati terma jamoasi 2- va Xorazm viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«100 metrga to‘siqlar osha yugurish» turi bo‘yicha Andijon viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni, Namangan viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni hamda Jizzax viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Nazariy shartlarga ko‘ra, «Yong‘in xavfsizligi sohasiga oid test sinovlari» turi bo‘yicha Buxoro viloyati terma jamoasi 1-, Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2- hamda Toshkent shahar terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir jamoa ishtirokchilarining ko‘rsatgan natijalari va test sinovlaridan to‘plagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar bo‘yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘ringa, Andijon viloyati terma jamoasi 2-o‘ringa hamda Sirdaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Umumta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi chempionati»da musobaqasi bo‘yicha:

«Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish» turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni hamda Navoiy viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

«Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turi bo‘yicha bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-, Navoiy viloyati terma jamoasi 2- hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«100 metrga to‘siqlar osha yugurish» turi bo‘yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-, Buxoro viloyati terma jamoasi 2- hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir jamoa ishtirokchilarining ko‘rsatgan natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar bo‘yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘ringa, Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o‘ringa hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Hududlardan tashrif buyurgan qizlar terma jamoalari o‘rtasida «Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasi bo‘yicha:

«Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish» turi bo‘yicha Toshkent viloyati terma jamoasi 1-, Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2- hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

«Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turi bo‘yicha bo‘yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-, Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2- hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«100 metrga to‘siqlar osha yugurish» turi bo‘yicha Sirdaryo viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Top