8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:47 / 04.06.2019 6474

5 iyun kuni jamoat transporti soat 4:00dan ish boshlaydi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilda yurtimizda Ramazon oyi va hayit bayramini keng nishonlash, xalqimizga munosib sharoit yaratish maqsadida barcha mutasaddi tashkilotlar qatori “Toshshahartransxizmat” AJ ham alohida tayyorgarlik ko‘rdi, deb xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati.

2019 yilning 13 may kuni jamiyatning maxsus 25-f-sonli farmoyishi qabul qilindi. Unda ushbu muqaddas oy va Hayit bayrami kunlari yo‘lovchi tashishda jamiyat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq chora-tadbir ishlab chiqildi. Shunga ko‘ra, haydovchi va chiptachilar o‘rtasida yo‘nalishlarning ish tartibi, belgilangan qatnov va oraliq vaqtlariga, harakat yo‘nalishi hamda bekatlarda harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilish transport vositalarining sanitariya holatini risoladagidek saqlash bo‘yicha alohida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Avtobuslarning qatnov oldi texnik ko‘rik va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda yo‘nalishlar nazoratini kuchaytirish bo‘yicha mas'ullar belgilandi. 

Ramazon oyi davomida taroveh namozlari o‘qiladigan vaqtlarda Toshkent shahridagi yirik masjidlar oldidagi yo‘llarning vaqtincha yopilishi va avtobus yo‘nalishlarining o‘zgarishini hisobga olib avtosaroylardan jalb etilgan mas'ul xodimlarning navbatchiligi tashkil etildi.

Ramazon hayitining birinchi kuni 2019 yil 5 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi va dam olish kuni sifatida nishonlanishi inobatga olib xalqimizga qulaylik yaratish, belgilangan manzillariga o‘z vaqtida yetib olishlarini ta'minlash maqsadida jamiyat tarmoq korxonalariga biriktirilgan yo‘nalishlarga avtobuslarning ishga chiqishi ish kunlari hisobida amalga oshiriladi. Ya'ni, har bir yo‘nalish bo‘yicha 04:00da (dam olish kunidan qariyb 2,5 soat oldinroq) avtobuslar yo‘nalishlarga chiqishi belgilandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi shoh ko‘chalar, magistral yo‘llarda joylashgan masjidlarda jamiyat va tarmoq korxonalarining mas'ul xodimlari tomonidan soat 5:00 dan 7:00 ga qadar navbatchilik tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Top