11:26 / 04.06.2019
6424

Abdulaziz Komilov Venesuela elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Venesuela Bolivar Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi, deyiladi TIV xabarida.
 
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Mavzuga oid
Top