8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

02:10 / 04.06.2019 5923

Mo‘min kishi tili bilan ham, jismi bilan ham o‘zgalarga zarar yetkazmas

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov sharhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Sa'd ibn Sino Xudriydan (r.a) rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz alayhissalotu vasallam aytdilar: “Zarar berish ham yo‘qdir, zarar berganga zarar bilan javob qaytarish ham yo‘qdir”.

Bu muborak hadisni sharhlash uchun Nabiy sallollohu alayhi vasallamning yana bir hadislariga murojaat etamiz. U Zot: “Kim musulmonga zarar yetkazsa, unga Alloh zarar yetkazadi”, deb marhamat qilganlar.

Yuqoridagi hadisdagi “zarar berish yo‘qdir”, degan gapning ma'nosi inson o‘zga insonga zarar bermasligi haqida aytilgan. Zarar turli xil bo‘ladi. Masalan, bir inson o‘ziga manfaatli bo‘lgan narsada qo‘shnisiga ziyon berishligi mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak, qo‘shni tomonga baland imorat qurish, baland daraxtlarni ekish va shu kabi. Mana shu tariqa zararli holatni o‘zining foydasiga binoan amalga oshirish nazarda tutiladi. 

Bu hadisning fiqhiy jihatdan ikkinchi ma'nosi Alloh taoloning diniga biz bandalar taklif qilinganmiz. Mana shu nuqtai nazardan biz bandalarga Allohning dinida zarar yo‘qdir va bu dinga nisbatan ham bizning zarar bilan javob berishligimiz ham yo‘qdir. 

Zarar yetkazmaslik deganda ulamolar, birinchi navbatda, til bilan zarar yetkazmaslikni nazarda tutishgan. Nima uchun? Tildan kelgan zarar qalbni o‘yadi. Tildan kelgan zarar iymonning o‘rni bo‘lgan qalbni, Qur'onning o‘rni bo‘lgan ruhiyatni sindiradi. Yillar mobaynida uning tub-tubiga xanjar sanchgandek aziyat beradi. Gohida bir insonga oddiy xabarni yetkazaman deb, uni o‘ylamasdan aytgani natijasida o‘zga insonga zarar yetib qoladi. Hadisdagi ikkinchi ma'no ish-harakat bilan, amaliy jihatdan o‘zga insonga zarar bermaslik ma'nosini anglatadi. Uchinchisi esa, insonning qo‘shnisiga, qarindoshiga, tug‘ishgan jigariga yoki birga ishlayotgan, hamkor bo‘lib turgan insonga zarar bermaslikni nazarda tutdilar. Har uchala holat ham Islomda ma'n qilingan hisoblanadi.

Top