14:47 / 04.06.2019
32041

Osiyo Kubogi – 2023 mezboni aniqlandi

Foto: The AFC

Parijda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi o‘tkazilmoqda.

Unda 2023 yilga rejalashtirilgan Osiyo Kubogi musobaqasi mezboni aniqlandi. OFK tanloviga ko‘ra, qit'aning bosh turniri Xitoyda o‘tadigan bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Xitoy 2004 yilgi Osiyo Kubogiga ham mezbonlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogi yanvar oyida o‘tkazildi va unda Qatar milliy jamoasi chempion bo‘ldi.

Top