9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

09:11 / 04.06.2019 6859

O‘zbekiston eng yaxshi rivojlanayotgan turistik yo‘nalish deb topildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Madridda Grandvoyage Tourism kompaniyasi mukofotlarining topshirilishi marosimida “Eng yaxshi rivojlanayotgan turistik yo‘nalish” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi.  

Bundan tashqari, marosimda yana uchta yo‘nalish: “Eng yaxshi katta sayohat”, “Asal oyi uchun eng yaxshi yo‘nalish”, “Eng yaxshi mehmonxona-kurort” bo‘yicha g‘oliblar e'lon qilingan. G‘oliblar Grandvoyage.com saytida ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlangan.

Tanlov tashkilotchisi Ispaniyaning eng yirik turistik kompaniyalaridan biri Grandvoyage hisoblanadi.

Kompaniya prezidenti A.Arbarka O‘zbekistonning Grandvoyage Tourism Awards mukofoti bilan taqdirlanishi O‘zbekistonda turizm sohasini modernizatsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalari va O‘zbekiston turistik brendining nafaqat Ispaniyada, balki butun dunyoda tanilib borayotganining tan olinishi hisoblanishini aytgan.

Top