8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

18:50 / 04.06.2019 2668

O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlari hamkorlikni kengaytirishga oid “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashdi

30 may kuni Urganch shahrida O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlari Jamshid Xodjayev va Dmitriy Patrushev tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rta muddatli istiqboldagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamshid Xodjayev sohani rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar amaliy natijasini berayotganini ta'kidlar ekan, savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va bu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilda yog‘li ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida e'tibor beriladi. 

Dmitriy Patrushev, o‘z navbatida, mustahkam hamkorlik aloqalariga ishonch bildirar ekan, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshib, 130 million AQSh dollarini tashkil etganini qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 19 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvida  ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalar tuzilgan edi.  

Top