13:30 / 04.06.2019
8171

«Real» Neymarni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechdi

Foto: AFP

«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni sotib olish g‘oyasidan voz kechdi.

AS xabariga ko‘ra, madridliklar rahbariyatiga braziliyalik futbolchining o‘yini yoqadi, biroq uning jamoaga moslashib ketolmasligi xavotirga solyapti. So‘nggi paytlarda uning atrofida yuz berayotgan salbiy voqealar esa hafsalani pir qilgan.

Yaqin orada «Real» uchta transferni (Azar, Yovich, Mendi) rasmiylashtiradi, keyin Mbappe transferi ustida ish boshlaydi.

Madrid klubi «PSJ» bilan Mbappe transferini kelishib olishning murakkab ekanini tushunmoqda. Biroq «Real» baribir urinib ko‘radi.

Top