07:50 / 04.06.2019
5226

Sudanda namoyishchilarni tarqatish vaqtida 35 kishi halok bo‘ldi

Foto: © REUTERS / Mohamed Nureldin Abdallah

Sudan armiyasi 3 iyun ertalabdan poytaxt Xartumdagi namoyishchilar lagerini tarqatishi vaqtida 35 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda Sudan shifokorlar qo‘mitasi bayonotida aytilgan.

Lager mudofaa vazirligi binolari yonidagi maydonda 2 oy avval paydo bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, namoyishchilarni tarqatish vaqtida ko‘zni yoshlatuvchi gaz, to‘qmoqdan tashqari, o‘qotar qurol qo‘llangan. 

“Harbiy kengash tomonidan harbiy bosh qarorgoh oldida o‘ldirilgan odamlar soni 35 nafarga yetdi. Yuzlab odamlar og‘ir jarohatlar olgan, ulardan ko‘pchiligi operatsiya xonalari va intensiv yordam bo‘limlarida qolmoqdalar”, deb aytilgan bayonotda.

2018 yil dekabrda Sudanda non narxining oshirilishi norozilik namoyishlariga olib kelgan. Namoyishlar bir necha oy davom etgan. 2019 yil 11 aprelida armiya prezident Umar al-Bashirni hokimiyatdan chetlatib, davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan. Bunda harbiy kengash tashkil etilgan, parlament tarqatib yuborilgan va konstitutsiyaning amal qilishi to‘xtatilgan.

Mavzuga oid
Top