8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

21:18 / 04.06.2019 1627

XXRning O‘zbekistondagi muxtor elchisi oliy ta'lim muassasasiga tashrif buyurdi

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Tszyan Yan xonim Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurdi.

Elchi tashrif dasturi doirasida institutning o‘quv laboratoriya va ilmiy bazasi hamda Xitoydagi hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘lami va istiqbollari bilan tanishdi.

Unda, xususan Institut va Xitoylik hamkorlar bilan kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini muhokama qilish kabi tadbirlar o‘rin olgan edi.

Institutdagi mavjud, ayniqsa so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar doirasida modernizatsiya qilingan o‘quv laboratoriya bazasi hamda xitoylik hamkorlar bilan institut tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishgach, elchi juda katta qoniqish ham ijobiy taassurotlar olganini, mavjud salohiyat va imkoniyatlar mazkur institutning mintaqadagi eng ilg‘or va nufuzli oliy ta'lim muassasasi ekanligini ko‘rsatishini e'tirof etdi.

Uchrashuv davomida elchiga institut faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma'lumot berildi. So‘ngra institut rahbariyati va elchi xonim TIQXMMI va xitoylik xamkorlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or loyihalar muhokama qilishdi. Jumladan, institut rahbariyati tomonidan xitoylik hamkorlar bilan amalga oshirish bo‘yicha taklif etilgan "Smart University for TIIAME" loyihasi elchida juda katta qiziqish uyg‘otdi. Elchi xonim bunday loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, elchi xonim institutga iqtidorli yoshlarni Xitoyning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish uchun elchixona hisobidan 2 ta Xitoy davlati grantini ajratilishini ma'lum qildi.

Xitoyda ham TIQXMMIni yaxshi bilishlarini va turdosh oliy ta'lim muassacalari mazkur institut bilan h

amkorlikni rivojlantirish istagida ekanligini bildirdi.

Bugungi kunda institutning 5 nafar talabasi Xoxay universiteti magistraturada ta'lim olayotgani, POWER CHINA bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik rishtalari va Xitoyning Nanking universitetida yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan qo‘shma magistratura dasturlari haqida ma'lumot berildi.

Institut talabalari Xoxay universitetlarida iqtidorli talabalari qatorida ta'lim olayotgani va xitoylik korxonalar ishga olib qolish bo‘yicha taklif tushgani iftixor bilan ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutda ta'lim olayotgan 22 nafar Xitoy Xalq Respublikasining fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Xitoylik o‘quvchilar o‘zlarini tanishtirgandan so‘ng elchi janoblari uchun o‘zbek va rus tillarida bo‘lajak kasblari haqida hamda Alisher Navoiy va A.Pushkin she'rlaridan o‘qib berishdi.

Bundan ruhlangan xitoylik elchi O‘zbekistonda til o‘rganish va ta'lim olishning bir necha ijobiy jihatlarini sanab o‘tdi. Jumladan, til o‘rganish bilan birgalikda ming(lab) yillik tarixga ega o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va ta'lim manbaini bevosita til barerisiz o‘rganish imkoniyatini berishini ta'kidlab o‘tdi.

Elchi xonim o‘zlari ham o‘zbek tilini o‘rganayotgani, ma'naviyat va madaniyat bobida o‘rnak bo‘lgan o‘zbek xalqining adabiy durdonalarini o‘zbek tilida o‘qishni xohlashini bildirdi va talabalarga yaxshi tilaklar bildirdi. O‘zbekiston madhiyasini o‘zbek tilida yoddan o‘qib berdi.

Tashrif ishchan ruhda qiziqarli o‘tdi. Bunday uchrashuvlarni har yili o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Top