8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:15 / 04.06.2019 16188

Yangi qonun mohiyati haqida: «Bu – ikki odamning ko‘zdan pana, xilvat joylarda o‘zlaricha kelishib olib, mavhum ishlar qilishi emas»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda 2019 yil 10 mayda imzolangan "Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi Qonunning mohiyati haqida ma'lumot berildi.

Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev:

"Eng avvalo qonunning nomlanishiga e'tibor qaratish kerak: “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”, sherikchilik emas! Bu ikkita odamning ko‘zdan pana, xilvat joylarda o‘zlaricha kelishib olib, mavhum ishlar qilishi emas.

O‘z nomi bilan “sheriklik” – teng huquqlar, teng majburiyatlar, teng manfaatlarga asoslangan hamkorlik shakli bu.

Jamiyat ularni ko‘rib turadi, ular ham jamiyatni ko‘rib turadi. O‘zlarining rejalari haqida ochiq-oydin ma'lumot berishadi".

Deputat Shuhrat To‘xtaboyev:

"Boshqacha qilib aytganda, bir loyihani amalga oshirish uchun ikki tomon muayyan muddatga o‘z resurslarini birlashtiradi.

Shartnoma tuzish 3 yildan 49 yilgacha etib belgilangan. Mazkur bitimni taraflarning o‘zaro kelishuvi yoki faqatgina sudning qarori bilan o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Bu ham xususiy sherikka, ya'ni tadbirkorlik sub'yektlariga taqdim etilayotgan qo‘shimcha kafolatdir".

Qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev:

"Davlat va xususiy sheriklik (DXSh) natijasi o‘laroq yuzaga kelgan mahsulot, u nima bo‘lishidan qat'iy nazar, yakunda davlat mulki bo‘ladi, ya'ni unga davlat ega chiqadi. Masalan, DXSh asosida qurilgan yo‘l yoki maktab bitkazilgach, davlatga topshiriladi".

Top