8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

13:40 / 05.06.2019 41030

IIBB Yunusoboddagi YTH bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Facebook/Mixail Axperjanyans

Kecha, 4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida soat 18:30da «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi 42 yoshli T.L. mavze ichidagi yo‘l chetida turgan 12 yoshli A.G., S.I. va S.Ya.ga kelib urilgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida A.G. voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan. S.I. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar uning holatini barqaror deb baholashayotgani aytiladi. Uchinchi bola - S.Ya., ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilib, so‘ng uyga javob berildi.

Haydovchi voqea joyidan ketib qolmagani, o‘sha yerda bo‘lgani va tergov harakatlarini o‘tkazishda faol yordam ko‘rsatgani aytiladi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u gaz va to‘xtash tepkilarini adashtirib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik R.Jalilov, IIBB boshlig‘i o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Z.Alimov, Yunusobod tumani IIB xodimlari voqea joyiga chiqishgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bildirilishicha, ushbu ish nazoratga olingan. Tergovning qonuniyligi ta'minlanadi. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi. 

Top