8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

22:40 / 05.06.2019 9913

Messini sudga berishdi – u firibgarlikda gumonlanmoqda

Foto: Global Look Press

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi qonun bilan bog‘liq bo‘lgan muammoga duch keldi.

ABC xabariga ko‘ra, futbolchiga tegishli bo‘lgan xayriya jamg‘armasida ishlovchi Federiko Rettori uni sudga bergan.

Rettori tashkilotdagi qallobliklarni fosh qiluvchi hujjatlarni sudga taqdim qilgan. Xususan, gap qalbaki kompaniyalar orqali pul yuvish haqida ketmoqda.

Rettori bergan ma'lumotlarga qaraganda, Messining xayriya jamg‘armasi so‘nggi yillarda 10 million yevrodan ortiq pulni soliq idoralaridan yashirgan.

Top