8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

16:10 / 05.06.2019 10511

O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

4 iyun kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Bosh Assambleya tashkilotga a'zo barcha davlatlar vakillari ko‘rsatilgan maslahat organidir. Ushbu organ tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, qurolsizlantirish, rivojlantirish, qashshoqlikka barham berish hamda inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas'uldir. Bosh Assambleya keng doiradagi xalqaro masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha yechimlar qabul qiladi.

O‘zbekiston bilan bir qatorda BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Indoneziya, Ummon, Singapur, Turkiya va Xorvatiya kabi davlatlar vakillari ham saylandi.

Rais o‘rinbosarlarining asosiy vakolatlari doirasiga rais ishtirok etmagan taqdirda Bosh Assambleya yalpi majlislarini ochib berish va yopish, yalpi majlislarda muhokamalarni boshqarish, majlislar davomida tartibni saqlash, xususan, tashkilotga a'zo davlatlarga so‘z berish, ovoz berishga savollar kiritish, shuningdek, ular bo‘yicha yechimlarni e'lon qilish kabilar kiradi.

«O‘zbekiston Respublikasi BMTning ushbu yuqori lavozimga saylanishi mamlakatimizning mintaqada va butun dunyoda do‘stona muhitni hamda hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, barqaror rivojlanishga qaratilgan tashqi siyosati jahon hamjamiyati va BMT rahbariyati tomonidan to‘laqonli qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi», deyiladi «Dunyo» axborot agentligi xabarida.

Teglar

Top