8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

07:52 / 05.06.2019 15866

O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi o‘qildi

5 iyun kuni O‘zbekiston masjidlarida hayit namozlari o‘qildi.

Toshkent shahrida hayit namozini ko‘tarinki ruhda ado etish uchun masjidlar jamoasi, huquq tartibot idoralari, nodavlat tashkilotlar xodimlari namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdilar.

Imom-xatiblar barchani ushbu ulug‘ bayram bilan qutlab, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytdilar. Shuningdek, hayit bayrami fazilatlari xususida ma'ruza qildilar.

 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 5 iyun kuni - Ramazon hayiti kuni sifatida keng nishonlanishi belgilab qo‘yilgan.

Bundan oldin, prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabriklagandi.

Top