8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:37 / 05.06.2019 10576

Qozog‘iston ikkita AES qurilishi bo‘yicha tender e'lon qildi 

Foto: lnpp2.ru

Qozog‘istonda ikkita atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e'lon qilindi, deya xabar bermoqda OAV.

AQSh, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya va Fransiya-Yaponiya konsorsiumi Qozog‘istonda ikkita AES qurish uchun tenderda kurash olib boradi. Tender g‘olibi 2019 yil sentabr oyida aniqlanadi. Ma'lum bo‘lishicha, tenderda Rosatom, Xitoy Milliy yadroviy korporatsiyasi (CNNC), NuScale Power (AQSh), EDF-Mitsubishi (Fransiya, Yaponiya) konsorsiumi ishtirok etishni rejalashtirgan.

Janubiy Koreyaning Korea Hydro & Nuclear Power (KHNP) davlat korporatsiyasi 31 may kuni Qozog‘istonda ikkita AES bo‘yicha loyihalash, xarid qilish hamda qurishda ishtirok etish niyatida ekanini ma'lum qildi, deb xabar beradi BussinesKorea. KHNP tenderda qatnashish uchun ariza topshirib, AES loyihasi bo‘yicha taklif kiritdi. Unda qurilishga oid tafsilotlar hamda baholashlar ma'lum qilingan va texnologik quvvatlar, moliyaviy imkoniyatlar yuzasidan ma'lumot berilgan.

Top