8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:15 / 05.06.2019 6603

Samarqandda avtomashinani olib qochib, davlat raqamlarini yechib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Shu yil 4 iyun kuni noma'lum shaxslar Samarqand shahar Jayxun ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan 24 yoshli Z.I.ga tegishli “VAZ-2106” rusumli avtomashinani haydab qochganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtomashina Samarqand shahar Xishrav qo‘rg‘onidan texnik soz holda topilib, u ko‘zdan kechirilganda old va orqa tomon davlat raqamlari hamda 2 dona kolonkalari yo‘qligi aniqlangan.
 
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahar Gasparali ko‘chasida yashovchi 28 yoshli A.A. va Beruniy ko‘chasida yashovchi 20 yoshli Sh.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Top