10:14 / 05.06.2019
5130

Xitoy elchisi o‘zbekistonlik talabalarga 2 ta grant ajratilishini ma'lum qildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Tszyan Yan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurib, talabalar va institut jamoasi bilan muloqot qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Tszyan Yan tashrif dasturi doirasida institutning o‘quv laboratoriya va ilmiy bazasi hamda xitoylik hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi, institutda tahsil olayotgan 22 nafar xitoylik talabalar bilan suhbatlashdi. 

Institut tomonidan xitoyliklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Smart universitet” loyihasi elchida katta qiziqish uyg‘otib, bu kabi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi. 

Talabalar bilan uchrashuvda Tszyan Yan institutning iqtidorli yoshlarini Xitoyning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish bo‘yicha 2 ta davlat granti ajratilishini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.

Top