14:53 / 06.06.2019
13222

Everest chiqindixonaga aylangani ma'lum qilindi

Foto: Navesh Chitrakar / Reuters

Alpinistlar Everestda bir necha tonna chiqindi va sayyohlar jasadlarini topishdi, deb xabar berdi Mirror.

Tog‘da to‘planib qolgan chiqindilarni tozalagan 20 nafar sherpa (Everest atrofida yashovchi tibetliklar) to‘rtta jasadni topishdi va 11 tonna axlat yig‘ishdi.

Alpinistlarning so‘zlariga ko‘ra, ular qor ostida bo‘lgan va qorlar eriganidan so‘ng ko‘zga tashlangan.

Sherpalarning aytishlaricha, atrof foydalanib bo‘lingan kislorod ballonlari, yirtilgan chodirlar, arqonlar, siniq narvon va plastik qadoqlarga to‘lib ketgan.

2019 yil boshidan buyon Everestda 11 nafar alpinist halok bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top