07:50 / 06.06.2019
20720

Nurlan Nigmatulin O‘zbekistonga keldi

Foto: Bolat Shayxinov

O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin qo‘shnilar, vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlardir. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuqori ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanib bormoqda. Turli darajadagi aloqalarning faollashuvi mamlakatlarning ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi.

Kecha Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majlisi raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri kutib oldi.

Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashishi, Samarqanddagi tarixiy va me'moriy obidalarimiz, poytaxtning diqqatga sazovor joylari hamda “To‘labiy” (Qaldirg‘ochbiy) maqbarasini ziyorat qilishi rejalashtirilgan.

Top