14:04 / 06.06.2019
2841
O‘zbekistonda «Investorlar kuni» joriy etilishi mumkin
Foto: Shutterstock

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida respublikada “Investorlar kuni”ni joriy etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Bildirilishicha, investitsiyalar mamlakat taraqqiyoti va iqtisodiyot barqarorligining garovi. Ushbu haqiqatni anglagan har bir davlat investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali o‘zi uchun mustahkam taraqqiyotni kafolatlaydi, deyiladi murojaatda. 

“Shu maqsadda, investorlarni jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Chunki, investitsiya – bu taraqqiyot degani, muayyan sohaning rivoji uchun ajratilgan istiqbolli sarmoya degani. Shu sababli, investitsiyalarni yanada ko‘plab jalb etish, tarmoq va sohalarni rivojlantirish, shu bilan birgalikda, ular uchun munosib sharoitlar yaratish zarur. Investorlarni qadrlagan yurtning rivoji jadal va ertasi porloq bo‘ladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Shu munosabat bilan respublikada “Investorlar kuni”ni joriy etish taklif qilingan.

Top