8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

18:10 / 06.06.2019 30587

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2019 yil 30 maydan Jamshid Abdusalamovich Abdusalamov viloyat hokimi o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Jamshid Abdusalomov 2018 yilning sentyabridan buyon «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori bilan O‘zbekistonda hokimlarning o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paygan va viloyat hokimi o‘rinbosarlari viloyatning investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i hisoblanishi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni G‘ulomjon Inomovich Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan va uning o‘rniga Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Top