8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:24 / 06.06.2019 6133

Tramp tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan amerikaliklarga 19 mlrd dollar ajratdi 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan amerikaliklarga federal yordam ko‘rsatish haqidagi farmonni imzoladi. U bu haqda tvitterda ma'lum qilgan.

“Yaqinda bo‘lib o‘tgan falokatli to‘fonlardan jabrlangan amerikaliklarga yordam berish maqsadida hozirgina farmon imzoladim. Bu amerikalik fermerlar va rancho egalari, Jorjiya, Florida, Ayova, Nebraska, Shimoliy Karolina va Kaliforniya uchun muhimdir. Puerto-Riko ham prezident Trampni sevsa arziydi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti. 

CNN telekanalining ta'kidlashicha, gap 19,1 mlrd dollarlik yordam ajratish haqida bormoqda. Farmonga ko‘ra, oxirgi yillarda toshqin, to‘fon va o‘rmon yong‘inlaridan ziyon ko‘rgan amerikaliklar kompensatsiya oladi. 

Top