8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

19:52 / 06.06.2019 4770

Tramp Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritish bo‘yicha qarorni G20 sammitidan so‘ng qabul qilishini aytdi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

AQShning Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritish bo‘yicha qarori G20 sammitidan so‘ng qabul qilinadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan uchrashuvi arafasida ma'lum qildi.

"Xitoy uchun boj kiritish bo‘yicha qarorni G20dan so‘ng qabul qilaman. Qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin, qarorni G20dan keyin qabul qilaman. Ko‘ramiz, bu nima berarkin", - dedi Tramp.

1 iyun kuni Xitoy hukumati AQShning umumiy qiymati 60 mlrd dollarlik 5 mingdan  ko‘proq turdagi tovarlariga javob import boj to‘lovlarini kiritdi.  

Ma'lum qilinishicha, AQShning 2493 turdagi tovariga boj to‘lovlari 25 foizgacha, 1078 turdagi tovariga 20 foizgacha oshirilgan. Shuningdek, boj to‘lovi 947 turdagi tovarga 10 foizgacha, 595 turdagi tovarga 5 foizgacha oshirilgan. 

Xitoyning bunday chora ko‘rishiga AQSh tomonidan Xitoyning 200 mlrd dollarlik tovariga boj to‘lovining 10 foizdan 25 foizgacha oshirilishi sabab bo‘ldi.

Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan, biroq shundan keyin ular boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Top