8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:38 / 07.06.2019 5028

BMT Xavfsizlik kengashiga 5 ta yangi nodoimiy a'zo saylandi

Foto: RIA Novosti

BMT Bosh assambleyasi Xavfsizlik kengashiga 5 ta yangi nodoimiy a'zoni sayladi. Ular Vetnam, Niger, Tunis, Estoniya va Sent-Vinsent va Grenadina bo‘ldi. Bu haqda Bosh assambleyaning 73-sessiyasi prezidenti Mariya Fernanda Espinosa-Garses ma'lum qildi.  

“Vetnam 192 ovoz, Niger - 191, Tunis - 191, Sent-Vinsent va Grenadina 185 ovoz olgan", deb xabar qilgan Espinosa-Garses.

Dastlab kengashga 5 ta o‘ringa 6 ta davlat da'vogarlik qilgan va faqatgina Sharqiy Yevropa vakili uchun Ruminiya va Estoniya o‘rtasida tanlov qilishga to‘g‘ri kelgan. 

Bu davlatlar 2019 yil oxirida kengashdagi ishini yakunlaydigan Ekvatorial Gvineya, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Peru va Polsha o‘rnini egallaydi.

Xavfsizlik kengashi BMTning muntazam faoliyat yurituvchi organi bo‘lib, uning zimmasiga xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun javobgarlik yuklatilgan. Kengashda 15 ta davlat – taqiqlov qo‘yish huquqiga ega beshta doimiy a'zo (Rossiya, AQSh, Britaniya, Xitoy va Fransiya) va har yili beshtadan ikki yilga saylanadigan 10 ta nodoimiy a'zo majlis o‘tkazadi. Germaniya, Belgiya, Dominikan Respublikasi, Indoneziya va JAR 2020 yil oxirigacha o‘z ishini davom ettiradi.

Top