8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

00:15 / 07.06.2019 11735

Dubaydagi yo‘l-transport hodisasida 15 kishi halok bo‘ldi 

Foto: Dubai Police / Twitter

Dubayda sayyohlar avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda amirlik politsiyasi tvitterda ma'lum qildi. 

Avtohalokat 6 iyun kechki vaqt Shayx Muhammad bin Zayd shossesida yuz bergan. Avtobusda bo‘lgan yana 5 kishi og‘ir jarohatlar olgan. Ummon davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobusda hammasi bo‘lib 31 yo‘lovchi bo‘lgan.

Hozircha yo‘lovchilarning millatlari va voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Top