14:35 / 07.06.2019
89708
Reklama

GM Uzbekistan Tracker’ni 16 mln so‘m chegirma va dastlabki to‘lovdan ortgan qismini 2 yil foizsiz bo‘lib to‘lashni taklif qilmoqda

GM Uzbekistan kompaniyasi barchani qutlug‘ Ramazon hayiti bilan muborakbod etgan holda Tracker Premier AT avtomobilini 16 million so‘m chegirma bilan 2 yil foizsiz muddatli to‘lovga olishni taklif qilmoqda.

Buning uchun xaridor 128 million so‘m dastlabki to‘lovni amalga oshirib, qolgan summani 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, xaridorlardan kelib tushgan ko‘plab takliflarni inobatga olgan holda kompaniya muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin bo‘lgan avtomobillar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.

Endilikda Chevrolet Lacetti avtomobilining 3-pozitsiyasini ham bir yilga foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin.

Buning uchun xaridor avtomobilning 100 million so‘m dastlabki to‘lovini amalga oshirib, qolgan 28 million so‘mini bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘laydi.

Aytish joizki, avtomobilni 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilayotgan xaridor avtomobilning moliyaviy xatardan 2 foiz miqdorda, muddatli to‘lov summasining 1 foizi miqdorda sug‘urta badalini to‘laydi. Avtomobilni 2 yil muddatli xarid qilayotgan xaridor esa moliyaviy xatardan 3 foiz, muddatli to‘lov summasidan 2 foiz sug‘urta badalini to‘laydi.

«Mazkur sug‘urta badallari mavjud qarz miqdori hamda avtomobilni baxsiz hodislardan sug‘urtalashga xizmat qiladi.

Lacetti avtomobilini 10 iyunga, Tracker Premier AT avtomobilini esa 12 iyunga qadar ushbu shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilishingiz mumkin. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan!», deyiladi kompaniya xabarida.

Mavzuga oid
Top