8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

22:30 / 07.06.2019 10667

Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning ikki viloyatida golf-klub qurishni taklif qildi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

7 iyun kuni Seulda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Ji Eun xonim boshchiligidagi  IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma'lum qildi.

Kompaniya rahbari Ji Eun xonim O‘zbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanish uchun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi. Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritish istagini bildirdi.

Shuningdek, IRED kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda Jizzax va Toshkent viloyatlarida golf-klublar qurilishiga doir loyihalar taklif etildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, IRED kompaniyasi bilan Chirchiq daryosi bo‘yida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam olish zonasini yaratishning shart-sharoitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQSh dollari qiymatidagi investitsiya kiritilishi ko‘zda tutiladi.

Top