8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

23:34 / 07.06.2019 5609

Namangandagi Xalqaro biznes forumining ilk kunida 400 million AQSh dollari miqdorida shartnomalar imzolandi

Namangan shahrida 7-8 iyun kunlari Xalqaro investitsiya biznes forumi va Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning ilk kunida dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan 350 nafar xorijiy kompaniyalar vakillariga viloyatning iqtisodiy imkoniyatlari namoyish qilindi.

Forum ishtirokchilari “Shodiyona” tantanalar saroyida “Doing Bisiness with Namangan - 2019” forumining ochilish marosimi, planer sessiyasida ishtirok etishdi. “Davlat xizmatlar markazi” binosida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha seksiyalar muhokamalari o‘tkazilib, shartnomalar imzolandi.

“Pahlavon” majmuasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi, yangi investitsiya loyihalari taqdimoti, “B2G” va “B2B” formatidagi kooperatsion birjalari, shartnomalar imzolash hamda press-brifing o‘tkazildi.  

“Mazkur investitsiya biznes forumini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilishdan iborat. Chet ellik biznes egalari, tadbirkorlar bilan birgalikda 20dan ziyod elchilarning ishtirok etayotgani ham alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Biz mazkur forumdan juda katta natijalar kutyapmiz”, deydi viloyat hokimi Hayrullo Bozorov.

 Anjumaning ikkinchi kunida chet ellik tadbirkorlar Namangan shahridagi “Art Soft Teks”, “Istiqlol dizayn markazi”, Chortoq tumanidagi “Chortoq mineral voter” korxonalarida hamda “Axsikent” arxeologik yodgorlik majmualarida bo‘lishadi.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri

Top