8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

12:37 / 07.06.2019 3781

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Nurlan Nigmatulin bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

2019 yil 7 iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarining bugungi holati va ularni rivojlantirish hamda mustahkamlash istiqbollari haqida fikr almashildi.

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va yaqin qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolanishi o‘zaro hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirishda yangi davr bo‘lgani qayd etildi. O‘zbekistonda Qozog‘iston rahbariyatining davlatchilikni mustahkamlash, jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash, tinchlik va farovonlikni saqlash, shuningdek respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga qaratilgan samarali siyosatiga yuqori baho beriladi.

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikning yangi shakllarini izlash va uni aniq mazmun bilan boyitish zarur ekaniga alohida ta'kidladi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Top